Home / FOTO LAVHALAR / YOZGI MAKTAB ISHTIROKCHILARI – MARKAZDA

YOZGI MAKTAB ISHTIROKCHILARI – MARKAZDA

Bugun Samarqand davlat Chet tillar institutida xorijlik talabalar uchun oʻzbek tili va madaniyati, Oʻzbekiston tarixi, geografiyasi va iqtisodiyotini oʻrganishga bagʻishlab tashkil qilingan “Yangi Oʻzbekistonning qadimiy shaharlarini kashf eting: Til va madaniyatini oʻrganing!” nomli xalqaro yozgi maktab tinglovchilari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.

Direktor oʻrinbosari O.Muhammadiyev mehmonlarga Markazning tashkil etilish tarixi, boʻlimlar faoliyati va Muzey eksponatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shundan soʻng tashkil etilgan davra suhbatida xorijlik ilm shaydolari oʻzlari tahsil olayotgan taʼlim muassasalari, Oʻzbekistonga kelish sabablari, bundan koʻzlagan maqsadlari haqida soʻzlab berdi.

Suhbat qizgʻin ruhda oʻtdi, qiziqarli savol-javoblarga boy boʻldi. Mehmonlar Oʻzbekistonda taʼlimga berilayotgan eʼtibor, tinchlik va osudalik, ekologik madaniyat, boy tariximiz, koʻhna obidalardagi bitiklar, milliy arxitektura kabi qadriyatlarimiz ularda qiziqish uygʻotganini eʼtirof etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Imom Buxoriy merosi hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilamoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston va Indoneziyaning ilmiy-taʼlim va maʼrifiy muassasalari vakillari ishtirokida uchrashuv …