Home / FOTO LAVHALAR / Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyaning indoneziyalik sovrindorlari – Markazda

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyaning indoneziyalik sovrindorlari – Markazda

Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi doirasida navbatdagi xorijlik tadqiqotchilar – Indoneziyadagi Jakarta Qurʼon ilmlari instituti doktori Ahmad Havoshiy Mahfuz Sain va Shams Al-Iyodiy ilmiy amaliyot oʻtash uchun Markazga keldi.

Stipendiatlar Markaz direktori Shovosil Ziyodov qabulida boʻlib, oʻz tadqiqotlari doirasidagi ilmiy rejalar va izlanishlardan koʻzlagan asosiy maqsad va vazifalari bilan oʻrtoqlashdi.

Sh. Ziyodov olimlarning tadqiqot mavzusini yuqori baholab, Markazda faoliyati, tadqiqotchilar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Xorijlik tadqiqotchilar samimiy qabul minnatdorlik bildirib, bunday imkoniyatdan boshi koʻkka yetganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Stipendiatlar uchun belgilangan dasturga muvofiq, indoneziyalik tadqiqotchilar Markaz fondidagi nodir qoʻlyozma manbalar va kutubxona imkoniyatlaridan foydalanish, Oʻzbekistondagi turdosh ilmiy muassasalar faoliyati bilan tanishish barobarida tarixiy shaharlarimizga safar qiladi, davra suhbatlari va taqdimotlar tashkil etadi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Imom Buxoriy merosi Turkiya telekanali eʼtiborida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, professor Şovosil Ziyodov Turkiyaning Ülke TV telekanaliga intervyu berdi. …