Home / FOTO LAVHALAR / Ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokamasi

Ilmiy hamkorlik istiqbollari muhokamasi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining o‘rinbosari Otabek Muhammadiyev va Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Jonibek Jumayev Turkiyada Xalqaro islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRSIKA) bosh direktori maslahatchisi Ashirbek Mo‘minov bilan uchrashdi.

Do‘stona va amaliy ruhda o‘tgan muzokarada tomonlar o‘zaro ilmiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi. Muloqot chog‘ida mavjud qo‘shma loyihalar ijrosining borishi va yangilarini ishlab chiqish, manbashunoslik, qo‘lyozmalarni tadqiq etish va ilmiy nashrlar tayyorlash borasidagi rejalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Markaz vakillari Turkiya Islom, ilm va texnologiya xalqaro universiteti rektori, professor Mehmet Go‘rmez bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Samimiy muloqot davomida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash, Movarounnahr ulamolarining boy ilmiy merosini birgalikda o‘rganish va xodimlar malakasini oshirishga oid loyihalarni izchil davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘tkazilgan muzokara ikki mamlakat ilmiy muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va istiqbolli loyihalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi qayd etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markazning ilmiy salohiyati – turkiyalik olimlar eʼtirofida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Turkiyaning Dijla universiteti hamkorligida “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining …