Qoʻl berib koʻrishish haqida
Moʻminlar uchrashganlarida qoʻl berib, ikki kaft bilan koʻrishishlari kerak. Qoʻl uchida koʻrishilmaydi. Chunonchi, “musofaha” soʻzi lugʻatda kaftlarni bir-biriga tekkizishni anglatadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunga buyurganlar. Koʻrishishga birinchi kirishgan kishi to hamrohi qoʻlini tortmaguncha oʻzi ham qoʻlini tortmasligi kerak. Koʻrishish vaqtida ochiq yuzli, tabassumli boʻlish zarur.
Quchoqlashib koʻrishish haqida
Quchoqlashib koʻrishishning toʻrt odobi bor. Birinchisi, safardan qaytgan kishi yaqinlari, qavm-qarindoshlari bilan quchoqlashib koʻrishadi. Yosh bolalarning peshonasidan oʻpib, boshini silab qoʻyadi. Ikkinchisi, muqim kishilar har kuni uchrashadigan kishilari bilan quchoqlashib koʻrishmaydi. Uchinchisi, olim, solih va fazilatli kishilar bilan quchoqlashib koʻrishganda, ularning qoʻlini oʻpish joiz. Toʻrtinchisi, ulugʻ Solih kishilar odobi Eng yaxshi meros shayxlarga ham shunday ehtirom koʻrsatiladi.
Uxlashda nimalarga eʼtibor beriladi?
Uxlamoqchi boʻlgan kishi, avvalo, uyining eshiklarini mahkamlaydi, idish-tovoqlarning ustini yopadi. Toʻshagini uch marta silkitadi, oʻchogʻi va chirogʻini oʻchiradi. Bularning barchasi sunnat amallardir.
Uxlash joyiga yumshoq narsalarni qalin toʻshamaydi va tahoratli holda yuzini qiblaga qilib, oʻng qoʻliga biroz suyanib yotadi. Bu ham sunnatdir.
Yaxshi tush koʻrsa, uni yaqinlariga izhor qiladi va shukr aytadi. Yomon va parishon tush koʻrsa, chap tarafiga uch marta puflab, yomon tush taʼsiridan panoh berishini Allohdan soʻraydi. Yomon tushini hech kimga aytmaydi. Har ikki holda ham sadaqa berish fazilatlidir.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





