Home / YANGILIKLAR / Markazning Telegram kanali ham rasmiy maqom oldi

Markazning Telegram kanali ham rasmiy maqom oldi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining raqamli ekotizimini shakllantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida navbatdagi muhim qadam qoʻyildi. Markazning mamlakatimizda eng ommabop va tezkor axborot maydoni hisoblangan Telegram kanali ham verifikatsiyadan oʻtkazilib, unga rasmiylik maqomini tasdiqlovchi yulduzcha belgisi berildi.

Bu yutuq yaqinda Facebook va Instagram sahifalarimiz rasmiy maqom olganidan keyin amalga oshirilgan tizimli ishlarning mantiqiy yakuni boʻldi. Shu tariqa Markazning barcha asosiy virtual aloqa kanallari xalqaro miqyosda toʻliq identifikatsiyadan oʻtkazildi.

Bugungi tezkor media makonda har qanday tashkilotga beriladigan bahoning bosh mezoni uning keng jamoatchilikka yetkazadigan axboroti nechogʻli sof va haqqoniy boʻlishidir. Telegram kanalimizning rasmiy verifikatsiyasi Markaz brendi ostida soxta profillar yaratilishi va noxolis maʼlumotlar tarqatilishining oldini olishda eng ishonchli qalqon boʻlib xizmat qiladi.

Matbuot xizmati barcha hamkasblarimizni, OAV vakillari va kuzatuvchilarimizni Markazning faqatgina shu rasmiy belgilarga ega boʻlgan raqamli manbalaridagi maʼlumotlarga tayanishga chaqiradi. Biz sifatli, xolis va ilmiy asoslangan kontent ulashishda davom etamiz.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Imom Saraxsiy merosiga bagʻishlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida «Markaziy Osiyo hanafiylik maktabi shakllanishida Imom Saraxsiyning oʻrni» mavzusida xalqaro …