Home / FOTO LAVHALAR / “Movarounnahr yozgi seminarlari”ning qamrovi kengaymoqda

“Movarounnahr yozgi seminarlari”ning qamrovi kengaymoqda

Turkiyaning Anqara shahridagi Islom tafakkuri institutida “Movarounnahr beshinchi yozgi seminarlari” doirasidagi malaka oshirish oʻquvlari boshlandi.

Aytish kerakki, bu mavsumdan ishtirokchi davlatlar geografiyasi sezilarli darajada kengaydi. Ilmiy oʻquv dasturida 10 davlatdan kelgan 30 tadqiqotchi ishtirok etmoqda. Xususan, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Kosovo, Bosniya va Gersegovina, Bolgariya, Tatariston (Rossiya Federatsiyasi)dan vakillar jam boʻlgan.

Yurtimizdan borgan 5 ishtirokchi orasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ziyorat turizmini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Jonibek Jumayev ham bor.

Oʻquv dasturining rasmiy ochilish marosimida Islom tafakkuri instituti rahbari, professor Mehmet Goʻrmez va professor Binyamin Eroʻl ishtirokchilarga tabrik va qutlov soʻzlarini yoʻlladi.

Marosim doirasida J.Jumayev institut rahbariyatiga Markaz jamoasining samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazib, esdalik sovgʻalari va hadyalarini taqdim etdi.

Maʼlumot uchun: mazkur xalqaro ilmiy seminar ilk bor tashkil etilganda, unda faqat oʻzbekistonlik tadqiqotchilar qatnashgan boʻlsa, keyingi yillarda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqa davlatlar vakillari qoʻshilib bordi. Bu yil esa, taʼkidlanganidek, ishtirokchi davlatlar soni oʻnga yetdi.

Bir oy davom etadigan mashgʻulotlarda sohaning nufuzli olimlari tomonidan ishtirokchilarga diniy-maʼrifiy sohadagi muhim fanlar va Movarounnahr ilmiy maktabi merosi boʻyicha saboq beriladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Imom Saraxsiy merosiga bagʻishlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida «Markaziy Osiyo hanafiylik maktabi shakllanishida Imom Saraxsiyning oʻrni» mavzusida xalqaro …