
International Journal of Artificial Intelligence and Machine Learning xalqaro ilmiy jurnalida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi professori Baxtiyor Toʻrayevning oʻzbekistonlik va hindistonlik olimlar bilan hammualliflikda tayyorlagan “Multi Task Pareto Optimization Algorithms for Balanced Performance Across Diverse Objectives” (“Turli maqsadlar boʻyicha muvozanatli natijalarga erishishga xizmat qiladigan koʻp vazifali Pareto optimallashtirish algoritmlari”) ilmiy maqolasi chop etildi.
2026-yil 24-may kuni jurnalning 3-maxsus sonida eʼlon qilingan tadqiqotda sunʼiy intellekt va koʻp vazifali tahsil (Multi Task Learning) sohasidagi dolzarb muammolar tahlil qilinib, turli vazifalar oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlashga qaratilgan yangi Multi Task Pareto Optimization Algorithm (MTPOA) modeli taklif etilgan. Ilmiy ishda mazkur yondashuvning aniqlik, barqarorlik va hisoblash samaradorligini oshirishdagi afzalliklari amaliy tajribalar asosida ochib berilgan.
Mazkur maqola Hindiston, Oʻzbekiston va boshqa davlatlar olimlari ishtirokida amalga oshirilgan yirik xalqaro ilmiy hamkorlik natijasi boʻlib, tadqiqotda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi professori Baxtiyor Toʻrayev asosiy oʻrin tutadigan tadqiqotchilardan biri sifatida ishtirok etganini bildiradi.
Ushbu natija Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlarning xalqaro miqyosdagi eʼtirofi boʻlib, Markazimiz olimlari zamonaviy ilmiy tadqiqotlarning faol ishtirokchisi boʻlayotganini namoyon etadi.
Maqolaning toʻliq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
https://www.svedbergopen.com/index.php/ijaiml/article/view/299?
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





