Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida “Diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga tahdidi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda vazirlik shaxsiy tarkibidan 260 nafar xizmatchi ishtirok etdi.
Muloqot asnosida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Tohir Evadullayev bugungi globallashuv davrida tinchlik va barqarorlikni xavf ostiga qoʻyayotgan yot gʻoyalardan koʻzlangan asl maqsadlar, diniy mutaassiblik va ekstremizmning salbiy oqibatlari va ularga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillariga alohida toʻxtaldi.
Taʼkidlanganidek, jamiyat xavfsizligi va osoyishtaligini taʼminlashga masʼul boʻlgan soha vakillari uchun bunday tahdidlarning oldini olish usullari va ularning maʼrifiy jihatlarini chuqur anglash kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada buyuk allomalarimiz merosida ilgari surilgan bagʻrikenglik va moʻtadillik gʻoyalarining oʻrni beqiyosdir.

Tadbir davomida ishtirokchilar axborot xurujlari kuchaygan sharoitda ogohlik va hushyorlikni oshirish, buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi ilmiy-maʼrifiy asosda kurashish yuzasidan zarur tushunchalarga ega boʻldi.

Uchrashuv yakunida tinglovchilarni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





