Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Indoneziya Respublikasining Sharqiy Yava viloyati Gresik tumani hokimi Fandi Ahmad Yani Xolis boshchiligidagi delegatsiya keldi.

Mehmonlar dastlab Markaz muzeyi bilan tanishib, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi, shuningdek, Oʻzbekiston hududida shakllangan boy ilmiy-maʼrifiy anʼanalar haqida maʼlumotga ega boʻldi. Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Markaz kutubxonasi faoliyati, qoʻlyozmalar va nodir nashrlar fondi hamda ilmiy tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston va Indoneziya oʻrtasidagi tarixiy-maʼnaviy aloqalar, islom sivilizatsiyasi merosini oʻrganish va targʻib qilish, shuningdek, ikki tomonlama ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot yakunida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Indoneziyaning Sharqiy Yava viloyati Gresik tumani hokimligi oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Tomonlar mazkur kelishuv mamlakatlar oʻrtasidagi ilmiy-maʼrifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, islom ilmiy merosini oʻrganish va targʻib etish borasidagi qoʻshma tashabbuslarni kengaytirishga xizmat qilishini taʼkidladi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





