Home / FOTO LAVHALAR / Dogʻiston muftiysining oʻrinbosari Markazga keldi

Dogʻiston muftiysining oʻrinbosari Markazga keldi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Dogʻiston Respublikasi musulmonlari diniy idorasi raisining oʻrinbosari Muhammad Magomedov tashrif buyurdi.

Markaz rahbariyati bilan muloqotda mehmonga muassasaning tashkil etilish tarixi, asosiy faoliyat yoʻnalishlari hamda buyuk muhaddis olimlar, xususan, Imom Buxoriy merosini tadqiq etish va keng targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Suhbat davomida tomonlar ilmiy-maʼrifiy sohadagi aloqalarni rivojlantirish, islom olami mutafakkirlarining boy qoʻlyozma merosini oʻrganish hamda soha mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashuvini yoʻlga qoʻyish masalalari xususida fikr almashdi.

Tashrif doirasida Muhammad Magomedov Markaz muzeyi bilan tanishdi. U yerda saqlanayotgan noyob eksponatlar, buyuk ajdodlarimiz qalamiga mansub asarlarning qoʻlyozma va toshbosma nusxalari hamda zamonaviy nashrlar mehmonda katta taassurot qoldirdi.

Uchrashuv yakunida mehmon samimiy qabul uchun Markaz rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, muassasa xodimlarining kelgusi ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Ilm va taʼlim integratsiyasi – muloqotning bosh mavzusi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Xoja Buxoriy oʻrta-maxsus islom taʼlim muassasasi ustoz va talabalari mehmon …