Yangi nashr
Bugungi globallashuv sharoitida jamiyatda sogʻlom eʼtiqodiy muhitni mustahkamlash va inson qalbini yot gʻoyalardan muhofaza qilish har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ana shunday ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “JAHOLATGA QARSHI – MAʼRIFAT” turkumi ostida yangi risolalar majmuasi nashr etildi.
Mazkur toʻplamda islom dinining asl insonparvarlik mohiyati ilmiy asosda tahlil qilinib, mutaassiblik, gʻuluv va diniy radikallashuv kabi illatlarning oldini olish hamda hadis va sunnat atrofidagi notoʻgʻri talqinlarga raddiya berish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Yangi nashrlar xalqimiz, xususan, yosh avlodning mafkuraviy immunitetini oshirish, ularni milliy va diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda jamiyatda barqarorlik va oʻzaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashda muhim ilmiy-maʼrifiy manba boʻlib xizmat qiladi.
Sodda va tizimli bayon etilgan ushbu maʼlumotlar keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan boʻlib, maʼnaviy-axloqiy mezonlarni toʻgʻri shakllantirishda oʻziga xos yoʻriqnoma vazifasini oʻtaydi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





