Hadis ilmi maktabida talabalar uchun tashkil etilgan maxsus maʼnaviy-maʼrifiy kurslar doirasida navbatdagi amaliy mashgʻulot boʻlib oʻtdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Jonibek Jumayev “Jaholatga qarshi maʼrifat – ulugʻvor gʻoya” mavzusida maʼruza qildi.
Tadbir davomida ilm-maʼrifatning inson kamolotidagi oʻrni va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida atroflicha soʻz yuritildi. Maʼruzachi bugungi tezkor oʻzgarishlar davrida jaholat zalolatiga qarshi faqat teran ilm va sogʻlom tafakkur bilan kurashish mumkinligini hayotiy misollar bilan tushuntirib berdi. Ayniqsa, yot gʻoyalarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish va ajdodlarimiz merosini chuqur oʻrganish orqali maʼnaviy yuksalishga erishish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Ochiq muloqot ruhida oʻtgan uchrashuvda talablar ham mavzu yuzasidan oʻz mulohazalarini bildirib, jaholatning xavfli oqibatlari va unga maʼrifat bilan javob berishning ilmiy uslublari borasida foydali maʼlumotlarga ega boʻlganini taʼkidladi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





