Home / FOTO LAVHALAR / AQSHning nufuzli tashkiloti delegatsiyasi tashrifi

AQSHning nufuzli tashkiloti delegatsiyasi tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida AQSHning FamilySearch nodavlat notijorat tashkiloti delegatsiyasi mehmon boʻldi.

Mazkur tuzilma oila tarixi va arxiv hujjatlarini oʻrganish hamda ularni raqamlashtirishga ixtisoslashgan xalqaro platformani yuritadi.

Tashrif davomida mehmonlar Markaz muzeyi, ilmiy faoliyati, jumladan, hadisshunoslik, kalom ilmi va islom manbashunosligi yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Muloqot chogʻida tarixiy manbalarni raqamlashtirish, arxiv hujjatlarini saqlash hamda ilmiy maʼlumotlar bazasini kengaytirish kabi yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirish va tajriba almashish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borish va birgalikda turkum loyihalarni amalga oshirish oʻzaro manfaatli boʻlishini eʼtirof etdi.

Muloqot yakunida hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Ilmiy meros va ma’naviy yaqinlik: Turkiya delegatsiyasi tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiya Prezidenti huzuridagi Din (Diyonat) ishlari boshqarmasi raisi Safiy Arpagush …