Home / FOTO LAVHALAR / XALQARO ANJUMANDA DOLZARB ILMIY YONDASHUVLAR TAQDIM ETILDI

XALQARO ANJUMANDA DOLZARB ILMIY YONDASHUVLAR TAQDIM ETILDI

Oʻzbekistondagi Islom sivilitsiyasi markazida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi vakillari tomonidan ikki yoʻnalishda ilmiy taqdimotlar namoyish etildi.

Jumladan, Markaz ilmiy xodimi Alouddin Nematov “Taʼvilotul Kurʼon” asarining hanafiylik mazhabidagi oʻrni va uning fiqhiy manba sifatidagi ahamiyatiga bagʻishlangan maʼruzasida asarning ilmiy qiymati, tafsir va fiqh oʻrtasidagi bogʻliqlik, shuningdek, hanafiylikning oʻziga xos anʼanalarini atroflicha yoritdi.

Shuningdek, Markazning yana bir vakilasi, Imom Buxoriy xalqaro stipendiya dasturi sovrindori, Turkiyadagi Karabuk universiteti tadqiqotchisi Ayshanur Kumash hadis ilmining tarixiy taraqqiyoti, ayniqsa, bu ilmning Xurosondan Bagʻdod tomon yoyilishida alohida oʻrin tutgan muhaddislar faoliyatini tahlil qilib berdi. Taqdimotda Abu Bakr Berqoniyning ilmiy merosi, uning ustoz-shogird anʼanasi orqali hadis ilmini rivojlantirishdagi xizmati va ilmiy tarmoqlar oʻrtasidagi bogʻlovchi oʻrni asoslab berildi.

Maʼruzalar doirasida bildirilgan fikr va xulosalar anjuman ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.

Ilmiy muloqotlar esa hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga zamin yaratdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

ASHTARXONIYLAR DAVRI MAʼNAVIYATI: QOʻLYOZMALAR TILGA KIRGANDA…

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 28-aprel kuni Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi …