Home / FOTO LAVHALAR / ILM VA MULOHAZA MAYDONIDA YANGI MULOQOT

ILM VA MULOHAZA MAYDONIDA YANGI MULOQOT

Bugun Oʻzbekistondagi Islom sivilitsiyasi markazi ilm ahlini yana bir nufuzli anjuman doirasida birlashtirdi. “Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini boshladi.

Anjuman Qurʼoni karim tilovati va duoi xayr bilan ochildi.

Rasmiy ochilish marosimida soʻz olganlar islom manbalarini chuqur, xolis va ilmiy asosda talqin qilish bugungi kunda nafaqat ilmiy, balki ijtimoiy-maʼrifiy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidladi.

Xususan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov zamonaviy axborot maydonida islom taʼlimotiga oid bilimlarni toʻgʻri yetkazish, yoshlarda sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish va ilmiy merosni izchil tadqiq etish dolzarb vazifalardan ekanini alohida urgʻuladi. Ushbu anjuman aynan shu maqsadlarga xizmat qiluvchi muhim muloqot platformasi ekanini taʼkidladi.

Konferensiya doirasida mahalliy va xorijiy ilmiy markazlar vakillari, tadqiqotchilar hamda yosh olimlar ishtirokida fikr almashuvlar, ilmiy muhokamalar olib borilmoqda.

Ilmiy muloqotlar izchil davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

DIQQAT, E’LON!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom hamkorlik tashkilotining Islom …