Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Navoiy viloyati boʻylab oʻtkazayotgan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar tizimi kengayib bormoqda. Navbatdagi targʻibot tadbiri Navoiy Sharq universiteti talaba-yoshlari ishtirokida tashkil etildi.

Seminarda Markaz ilmiy xodimi T.Evadullayev hamda universitetning professor-oʻqituvchilari maʼruza qildi. Muloqot davomida bugungi murakkab globallashuv sharoitida yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish va mustahkamlash nafaqat shaxsiy kamolot, balki jamiyat barqarorligining muhim sharti ekani alohida taʼkidlandi.

T.Evadullayev jaholatga qarshi kurashishning eng samarali yoʻli yuksak maʼrifat ekanini ilmiy asoslar bilan tushuntirib berdi. Maʼruzada talabalar eʼtibori ilm olishga ishtiyoqni oshirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash va qadrlash hamda turli yot gʻoyalarga nisbatan sergak boʻlish zarurligiga qaratildi. Shuningdek, Markaz tomonidan nashr etilgan yangi adabiyotlar va ularning mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berildi.


Tadbirda tinglovchilar diqqati toʻgʻri mulohaza yuritish va oqilona xulosa chiqarishga ham yoʻnaltirildi. Mutaxassislar bergan tavsiyalar yoshlarning nafaqat bilim doirasini kengaytirishga, balki ularda axborot xurujlariga nisbatan shaxsiy pozitsiyani mustahkamlashga xizmat qildi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





