Home / FOTO LAVHALAR / Kelajak egalari bilan ochiq muloqot davom etmoqda

Kelajak egalari bilan ochiq muloqot davom etmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Navoiy viloyati boʻylab maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida davom etdi.

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida tashkil etilgan navbatdagi muloqotda Markaz ilmiy xodimi T.Evadullayev, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi raisi J.Jumayev va boshqa masʼullar maʼruza bilan chiqish qildi.

Muloqot davomida yoshlarni maʼnaviy barkamollik ruhida tarbiyalash, ularni turli yot gʻoyalar tasiridan himoya qilish hamda bu jarayonda taʼlim va tarbiyaning uzviy bogʻliqligi masalalari atroflicha muhokama qilindi. Ayniqsa, ajdodlarimiz, buyuk allomalar merosining bugungi kundagi ahamiyati, ular qoldirgan boy ilmiy xazinaning yoshlar dunyoqarashini shakllantirishdagi oʻrni alohida qayd etildi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda oʻtib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislardan batafsil javoblar oldi. Tadbirda bildirilgan fikr-mulohazalar talabalarda mustaqil kuzatuv va tahlil koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi. Yakunda mutaxassislar yoshlarni ilm-maʼrifat yoʻlida sobitqadam boʻlishga va har qanday gʻoyaviy tahdidga bilim bilan javob berishga chorladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Imom Buxoriy merosi – bagʻrikenglik va hamjihatlik maktabi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga 21-may kuni Indoneziyaning Sunan Kalijaga davlat islom universiteti delegatsiyasi tashrif …