Home / FOTO LAVHALAR / Yoshlar maʼnaviyati – mafkuraviy immunitet asosi

Yoshlar maʼnaviyati – mafkuraviy immunitet asosi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Navoiy viloyati boʻylab rejalashtirilgan uchrashuvlarning navbatdagisi Navoiy davlat universitetida boʻlib oʻtdi. Unda professor-oʻqituvchilar, mutaxassislar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Anjuman yoshlar orasida maʼrifatning oʻrnini targʻib qilish, ularni yot gʻoya va zararli oqimlar taʼsiridan himoyalash hamda talabalarda mustaqil va sogʻlom fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodim J.Jumayev va T.Evadullayev, viloyat hokimligi kotibiyati mudiri M.Nurullayev, “Tafakkur” NNT rahbari J.Shuhratov, universitet prorektori S.Xoʻjayev va boshqalar mavzu doirasida maʼruza qilib, dolzarb jihatlarga toʻxtalib oʻtdi. Xususan, inson kamolotida bilim va maʼrifatning oʻrni, jaholatning jamiyat barqarorligiga salbiy taʼsiri hamda bugungi globallashuv sharoitida yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirish zarurati alohida qayd etildi. Markaz xodimlari yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ilmiy salohiyatini oshirish boʻyicha amaliy tavsiyalar berdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldi. Mazkur seminar talabalarning dunyoqarashini boyitish va jamiyatdagi turli mafkuraviy xurujlarga nisbatan sergakligini oshirishda muhim qadam boʻldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Imom Buxoriy merosi – bagʻrikenglik va hamjihatlik maktabi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga 21-may kuni Indoneziyaning Sunan Kalijaga davlat islom universiteti delegatsiyasi tashrif …