Home / FOTO LAVHALAR / Butun dunyo musulmonlari nigohidagi maskan

Butun dunyo musulmonlari nigohidagi maskan

Islom olamining buyuk allomasi, hadis ilmining sahihligini ta’minlagan ulug‘ muhaddis Imom Buxoriy hazratlari mangu qo‘nim topgan maskan bugun obod va ko‘rkam ziyoratgohga aylangan.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2019-yilda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida boshlangan keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari izchillik bilan amalga oshirilib, majmua buyuk allomaning islom olamidagi yuksak mavqeiga munosib qiyofa kasb etdi.

Majmua Imom Buxoriy maqbarasi bilan birga 10 ming kishilik masjid, ma’muriyat binosi, muzey hamda kirish-chiqish ayvonlarini o‘z ichiga olgan yagona me’moriy ansambldan iborat. Shuningdek, ziyoratchilar uchun mehmonxonalar, avtoturargohlar va umumiy ovqatlanish shoxobchalari kabi barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Qisqacha aytganda, dunyoning turli burchaklaridan keluvchi ziyoratchilar uchun qulay va munosib muhit shakllantirilgan.

Manba: O‘zA 

Check Also

DIQQAT, E’LON! Xalqaro ilmiy simpozium!

📢 DIQQAT, E’LON! Xalqaro ilmiy simpozium! Hadis ilmi va islomshunoslik tadqiqotlari sohasida muhim o‘rin tutgan …