Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 16-mart kuni Samarqand davlat pedagogika institutida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” ruknida talaba-yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda yoshlar ongida milliy qadriyatlarga hurmatni mustahkamlash, sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ularni turli yot g‘oya va ekstremistik qarashlar ta’siridan asrash masalalari muhokama qilindi. Jumladan, “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” hamda “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?!” mavzulari yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbatida Markaz ilmiy xodimi Jonibek Jumayev milliy-ma’naviy merosning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, sog‘lom diniy qarashlarni qaror toptirish, ayniqsa, yoshlarni turli radikal va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan himoya qilish borasida muhim mulohazalar bildirdi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassisdan atroflicha javoblar oldi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





