Home / HALOLLIK VA MA'RIFAT / Qobusnomadan hikmat

Qobusnomadan hikmat

“Ey farzand, oʻzingni mol jam qilishdan gʻofil tutmagil, ammo halollik bilan mol toʻplashga harakat qil.
Mol uchun oʻzingni xavf-xatarga qoʻyma.

Molni jam etganingdan keyin uni yaxshi saqlagil va har bir yaramas ish uchun sarf qilaverma, chunki molni saqlash yigʻishdan qiyindir.

Agar kerak vaqtda zarur ish uchun sarf qilsang, harakat qilib uning oʻrnini tezda toʻldirgil.

Agar xarj qilingan narsaning oʻrnini toʻldirmasang, Qorunning boyligidek boʻlsa ham, bir kunda yoʻq boʻladi.

Mol doim turadi, deb unga koʻngil qoʻymagil, chunki bir kun emas, bir kuni moling yoʻq boʻlib qolsa, diltang boʻlmagaysan”.

 Xulosa:
Halol mehnat bilan topilgan mol – barakali.
Uni asrash – donolik.
Unga haddan ortiq bogʻlanish esa – gʻofillik.

Bahodir Mirzayev,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Check Also

JAMIYAT RAVNAQINING ASOSI – HALOLLIK

XXI asr keskin burilishlar davri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Globallashuv, iqlim o‘zgarishlari, ijtimoiy tarmoqlarning jadal rivojlanishi, …