Home / FOTO LAVHALAR / Maʼrifat yoʻlida yoshlar bilan ochiq muloqot

Maʼrifat yoʻlida yoshlar bilan ochiq muloqot

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 42-sonli umumta’lim maktabida yoshlar orasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash maqsadida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda maktabning yuqori sinflarida tahsil olayotgan 200 nafardan ziyod o‘quvchi ishtirok etdi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga ilm-ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, jaholat va mutassiblikning salbiy oqibatlari, shuningdek, halollik fazilatlari, korrupsiyaga murosasizlik hamda faoliyatda shaffoflik va ochiqlik mezonlarini ta’minlash masalalari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Markaz ilmiy xodimi B.Mahmudov ochiq muloqot, savol-javob va hayotiy misollar orqali yoshlarning mavzuga qiziqishini oshirib, ularda mustaqil fikrlash va faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratdi.

Tadbir ishtirokchilari bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarda bilim olishga ishtiyoqni kuchaytirishi, ularning dunyoqarashini kengaytirishi hamda hayotda ongli qaror qabul qilish ko‘nikmasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida e’tirof etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Ziyorat turizmi rivojiga ilmiy yondashuv: Gidlarning malakasi oshirilmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan gid-ekskursovodlarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv seminari …