Home / HALOLLIK VA MA'RIFAT / HAQIQIY BOYLIK QAYERDA?

HAQIQIY BOYLIK QAYERDA?

Hakimlar bejiz aytmagan…

Homid Lifofiy shunday degan:

“Biz toʻrt narsani toʻrt joydan izladik.

Ammo yoʻlda xato qildik va ularni boshqa toʻrt joydan topdik:

boylikni mol-dunyodan izladik — qanoatdan topdik.

rohatni moʻl-koʻllikdan izladik — oz moldan topdik.

lazzatni neʼmatdan izladik — salomatlikdan topdik.

rizqni yerdan izladik — osmondan topdik.”

Bu soʻzlar bizga shuni oʻrgatadiki, inson koʻpincha baxtni notoʻgʻri joydan qidiradi.

Holbuki, haqiqiy boylik — qalb xotirjamligida,

haqiqiy rohat — qanoatda,

eng katta neʼmat esa — salomatlik va rizqning Yaratgandan ekanini anglashda.

Tafakkur qilaylik… 🌿

Abduvosi Shonazarov,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Check Also

Markaz fondida saqlanayotgan boy maʼnaviy meros

Allomalarning boy ilmiy-maʼnaviy merosini keng tadqiq etish va kelajak avlodga yetkazilish zarurati har doim dolzarb …