Home / HALOLLIK VA MA'RIFAT / Mehnat — ibodat: sahobalar hayotidan ibrat

Mehnat — ibodat: sahobalar hayotidan ibrat

Kasb-hunar bobida sahobalar hayoti biz uchun eng goʻzal namunadir. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam asʼhoblarining hammasi oʻz kasbi bilan mashgʻul boʻlgan. Xususan, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu mato savdosi, Usmon ibn Affon, Talha, Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhum savdogarlik, Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu qassoblik, Saʼd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu qurolsozlik, Usmon ibn Talha roziyallohu anhu tikuvchilik, Abu Sufyon roziyallohu anhu yogʻ va teri savdosi bilan shugʻullangan.

Sahobalarning hayotidan bunday xulosa kelib chiqadi: dindorlik mehnatdan qochish, belni ogʻritmay pul topish emas, balki mehnatni ibodat darajasiga olib chiqishdir.

Abduvosi Shonazarov,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Check Also

OʻRTA ASR ADABIYOTIDA ISLOM TARIXI MAVZUSI TAHLILI

Islomning Arabiston yarimorolidan tashqariga tarqalishi natijasida uning tarixi va mohiyatini aniq yoritib berishga boʻlgan harakat …