Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Samarqanddagi International School of Finance Technology and Science (ISFT) instituti talabalari tashrif buyurdi.

Ilm toliblariga Markazning ilmiy faoliyati, bu yerda olib borilayotgan tadqiqotlar, Imom Buxoriyning hayoti va boy ilmiy merosi haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Buyuk allomaning islom sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi yoshlar qalbida ilmga intilish va ishtiyoq, maʼnaviy qadriyatlarga hurmat va tarixiy xotiraga sadoqat tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Shuningdek, muloqot asnosida ilm yo‘lida halollik va poklik eng muhim mezon ekani, har qanday sohada muvaffaqiyatga faqat shaffoflik va adolat tamoyillariga tayangan holda erishish mumkinligi xususida fikr almashildi. Yoshlarga korrupsiya va shu kabi salbiy illatlarga nisbatan qatʼiy murosasiz bo‘lish kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida eng ishonchli poydevor bo‘lib xizmat qilishi tushuntirildi.

Tashrif yosh avlodni maʼnaviy-maʼrifiy ruhda tarbiyalash, ajdodlarimizdan meros boʻlib qolgan bebaho ilmiy va maʼnaviy boyliklarni keng targʻib etishga xizmat qiladigan voqealarning navbatdagisi boʻldi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





