
Shu kunlarda Islom dunyosining nufuzli Islamicity.org xalqaro internet platformasida Markaz direktorining oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Muhammadiyevning “Religious tolerance and interethnic harmony – the guarantee of our priceless peace” (“Diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik – bebaho tinchligimiz garovi”) sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi.
Maqolada Oʻzbekistonda turli millatlar va dinlar vakillari oʻrtasidagi hamjihatlik, bagʻrikenglik va oʻzaro hurmat anʼanalari milliy taraqqiyotning muhim omili sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, mamlakatimizda davlat va din munosabatlarining ilmiy-nazariy asoslari, vijdon erkinligini taʼminlash, diniy-maʼrifiy siyosatning amaliy samarasi haqida fikr yuritilgan.
Maqolaning xalqaro minbarda chop etilgani Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan diniy-maʼrifiy islohotlar va bagʻrikenglik siyosati jahon hamjamiyati tomonidan ochiq eʼtirof etilayotganidan yana dalolat boʻldi.
Manba: Islamicity.org
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz