Home / FOTO LAVHALAR / Ilmiy loyihalarda yangi bosqich

Ilmiy loyihalarda yangi bosqich

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ilmiy jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy va innovatsion loyihalar ijrosi yuzasidan navbatdagi muhokama oʻtkazildi.

Unda Markaz rahbariyati va jamoasi hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining oʻrinbosari Firdavs Halimov ishtirok etdi.

Muhokama davomida davlatimiz rahbarining yaqinda Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy majmuasiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Birinchi Renessans davri va Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan ishlab chiqilgan loyihalar orqali Imom Buxoriy innovatsion muzeyi va Islom sivilizatsiyasi markazi kontentini boyitish masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada ayni paytgacha olib borilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga biriktirilgan pavilyonlar boʻyicha loyihalar smetalari tuzilgani, tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilayotgani qayd etildi.

F.Halimov amalga oshiriladigan ilmiy-innovatsion loyihalarning mazmun-mohiyati, ular boʻyicha ishlashdan koʻzlangan maqsadlar haqida maʼlumot berib, loyihalar eʼlon qilingunga qadar bajarilgan ishlar haqida ham ishtirokchilarni xabardor etdi.

Taʼkidlanganidek, yuzlab mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan oʻnlab yoʻnalishdagi ilmiy loyihalarning oʻttizga yaqini Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasiga taqdim etilgan.

Yigʻilishda loyihalarni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha tashkiliy va moliyaviy jihatlar koʻrib chiqildi. Tez fursatda loyihalar taqsimoti, texnik topshiriqlar kabi jarayonlarni yakunlab, buyurtmachi, taʼminotchi va pudratchilar bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishish zarurligi taʼkidlandi.

Muhokama yakunida yaqin istiqbolda mazkur yoʻnalishda amalga oshiriladigan ishlar va vazifalar taqsimoti belgilab olindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Terrorizmga qarshi kurash: nazariya, amaliyot va tajriba

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Uchinchi mintaqaviy hududidagi 38-manzil koloniyasida …