Home / FOTO LAVHALAR / Ichki turizm salohiyati namoyish etildi

Ichki turizm salohiyati namoyish etildi

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi asosida oʻtkazilayotgan ichki turizm yarmarkasi 28-mart kuni Samarqandda ham tashkil etildi.

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Registon ansamblida tashkil qilingan koʻrgazma ochilishida mamlakatimizda keyingi yillarda yurtimizning tobora yuksalayotgan sayyohlik salohiyati, xususan ziyorat va ichki turizmini yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz bordi.

Mirzo Ulugʻbek madrasasi hovlisida oʻtkazilgan yarmarkada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ham koʻrgazmali burchagi tashkil etilib, unda Markaz tomonidan nashr etilgan kitob va risolalar, arab kalligrafiyasi, islom xattotlik sanʼati namunalari hamda viloyatning ziyorat turizmi salohiyatiga oid fotosuratlar namoyish qilindi.

Ishtirokchilar oʻtkazilgan tadbir hududning ziyorat va ichki turizmi imkoniyatlarini yoritishda amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Yarmarka xorijlik va mahalliy sayyohlarda katta taassurot qoldirdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot markazi

Check Also

IMOM MOTURIDIYNING SHONLI MEROSI HAMISHA BARHAYOT

Prezidentimizning 2025-yil 14-martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizda tom maʼnoda …