Home / FOTO LAVHALAR / “Ajdodlarga munosib avlod boʻlaylik”

“Ajdodlarga munosib avlod boʻlaylik”

Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika institutida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida shu mavzuda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, institut professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda milliy maʼnaviyatimiz va maʼrifatimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimiz merosi haqida maʼruzalar qilindi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi ulugʻ allomalarning ilm-maʼrifat taraqqiyotidagi beqiyos oʻrni va ulardan meros qolgan ilmiy asarlarning bugungi kundagi yuksak ahamiyati taʼkidlanib, yoshlarning ilmga ishtiyoqini oshirish, ularni har tomonlama barkamol boʻlib ulgʻayishi uchun amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashib, bunday maʼrifiy uchrashuvlarni kelgusida muntazam oʻtkazib borish zarurligini taʼkidladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Xorijiy tillarni oʻrganish va taʼlim muammolari muhokamasi

19-fevral kuni Toshkentda Oriyental universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Xorijiy tillar tadqiqi va taʼlimi muammolari” …