Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga yaponiyalik tadbirkor, “Nakane Garden Research and Consultant Co. LTD” korxonasi bosh arxitektori Nakane Yukixigo rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarni Markaz direktori Shovosil Ziyodov kutib olib, faoliyat natijalari haqida maʼlumot berdi.
Delegatsiya aʼzolari Markaz muzeyi bilan yaqindan tanishib, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosi xususida batafsil tushunchaga ega boʻldi.
Landshaft arxitekturasi bilan shugʻullanuvchi “Nakane Garden Research and Consultant Co. LTD” korxonasi tomonidan Imom Buxoriy majmuasi hududida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari qatorida yapon investitsiyasi asosida koʻrkam bogʻ barpo etish rejalashtirilgan. “Jannat bogʻi” nomini olgan loyiha uchun majmua hududida qurilayotgan mehmonxonalarga yondosh maydon tanlab olinmoqda.
Investorlarga Markazga tashrif davomida Samarqand viloyati, Payariq tumani hokimi I.Jabborov hamrohlik qildi.