Home / FOTO LAVHALAR / Yoshlar maʼnaviyati – kelajakni belgilovchi bosh omil

Yoshlar maʼnaviyati – kelajakni belgilovchi bosh omil

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Samarqand Agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarliklar, diniy ekstremizm kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Yoshlarda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni yanada yuksaltirish, ularni jamiyatda oʻz oʻrnini topishga yoʻnaltirish, bunda huquqbuzarliklar va diniy ekstremizmning salbiy taʼsirini kamaytirishga qaratilgan tadbirda bugungi kunda yosh avlod maʼnaviy olamiga xavf solayotgan qator omillar tahlil qilinib, zamonaviy axborot texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlar va radikal gʻoyalarni tashuvchilar kabi xavf guruhlariga eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini shakllantirishda taʼlim muassasalari, ota-onalar va davlat organlari hamkorligining ustuvor ahamiyati taʼkidlandi. Maʼruzachilar yoshlarda diniy ekstremizmga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish va ular ongiga internet tarmogʻining salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha hayotiy tavsiyalar berdi. Davra suhbatida yoshlar orasida radikalizmning oldini olishda taʼlim muassasalarining alohida roli eʼtirof etildi.

Tadbirda oʻzini-oʻzi tarbiyalashga oid kunlik bajarilishi lozim boʻlgan ish va vazifalar boʻyicha bir necha muhim tashabbus ilgari surildi. Ularning barchasi yoshlarning ijtimoiy va maʼnaviy ongini yuksaltirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Markaz xodimlari institut kutubxonasiga yangi nashr etilgan adabiyotlar toʻplamini tuhfa qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Malayziya instituti O‘zbekistonning qadimiy va noyob merosi targ‘ibotchisiga aylanadi

Imom Moturidiy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida Islom tushunchasi va sivilizatsiyasi …