Home / XALQARO YANGILIKLAR / Malayziya islom san’ati muzeyida o‘zbekistonlik ustalar mehnati mujassam

Malayziya islom san’ati muzeyida o‘zbekistonlik ustalar mehnati mujassam

Imom Buxoriy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davomida Malayziya islom san’ati muzeyida uchrashuv o‘tkazildi. Muzey rahbariyati bilan O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi, ziyorat turizmi imkoniyatlarini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlash kerakki, Malayziya islom san’ati muzeyi qurilishida o‘zbekistonlik mohir hunarmand-ustalar ishtirok etgan. Bu yerga har yili butun dunyodan o‘rtacha 110 ming sayyoh tashrif buyuradi.

Muzeyda O‘zbekistonga oid maket va eksponatlar saqlanadi. Bibixonim masjidi, Imom Buxoriy majmuasi, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasalari maketlari, qadimiy qo‘lyozmalar, tarixiy liboslar shular jumlasidan.

Malayziya islom san’ati muzeyi rahbariyati O‘zbekistonning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Buyuklik siri” – bitiruvchilarga katta maʼnaviy tuhfa

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Termiziy oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida 2025-2026 oʻquv yili bitiruvchilari …