Home / YANGILIKLAR / Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi professori “Sceince & Innovation” ilmiy jamiyati tomonidan “Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi”ga kiritildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi professori “Sceince & Innovation” ilmiy jamiyati tomonidan “Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi”ga kiritildi

“Sceince & Innovation” ilmiy jamiyati tomonidan 2024-yil sarhisoblari asosida “Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi” eʼlon qilindi. Ushbu ensiklopediyada yurtimizning yetakchi olimlarining ilmiy faoliyati va yutuqlari aks etgan biografiyalar jamlangan.

Ensiklopediyaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori bosh maslahatchisi, yetakchi ilmiy xodimi, Turon Fanlar Akademiyasi akademigi, 1-darajali mehnat faxriysi, isteʼfodagi polkovnik Turayev Baxtiyor Omanovich biografiyasi ham “Sceince & Innovation” ilmiy jamiyati tomonidan kiritilgan.

Ensiklopediyadan oʻrin olgan olimlar biografiyalari taniqliolimlar.uz platformasida va wikipedia.org onlayn ochiq ensiklopediyasiga joylashtirish rejalashtirilgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyati va jamoasi nomidan Turayev Baxtiyor Omanovichni mazkur eʼtirof bilan qutlab, ularga sihat-salomatlik, ilmiy faoliyatlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

Check Also

“Buyuklik siri” – bitiruvchilarga katta maʼnaviy tuhfa

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Termiziy oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida 2025-2026 oʻquv yili bitiruvchilari …