Yangilanayotgan Oʻzbekistondagi maʼrifiy oʻzgarishlar xorijda katta qiziqish uygʻotmoqda. Yuksak eʼtirof etilmoqda.
Buyuk Britaniyadagi “Al-Furqon” fondi direktori Sali Shohsuvoriy bu haqda quyidagi fikrlarni bildirdi:
–2018 yildan beri Oʻzbekistondagi oʻzgarishlarni, yangi tashabbuslarni oʻrgangan, xususan, qadimiy qoʻlyozmalarni tadqiq etish markazining rahbari sifatida Oʻzbekistonga bir necha bor borgan inson sifatida guvohlik berishim mumkinki, Oʻzbekistonda yangi uygʻonish davri uchun ulkan salohiyat shakllanmoqda.
Xususan, davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekistonda buyuk allomalar ilmiy merosini oʻrganish boʻyicha ilgari surgan tashabbuslari oʻta noyob hodisa.
Oʻzbekiston Prezidentining boy ilmiy-madaniy merosni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishga oid islohot va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlayman. Mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar nafaqat davlat, balki nodavlat muassasalar, ilmiy jamoatchilikning ham faol qoʻllab-quvvatloviga erishgan.
Oʻzbekistonning qadimiy merosi, ulugʻ alloma va mutafakkirlarning noyob asarlari dunyo olimlarining diqqat markazida. Ular Oʻzbekistondagi har bir oʻzgarishni diqqat bilan kuzatmoqda.
Shu sababli taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor, Oʻzbekistonda yuz berayotgan voqealar juda noyob va hayratlanarli. Buni islom dunyosidagi vulqon sifatida baholash mumkin. Biz Islom sivizatsiyasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy markazlari va Xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirdik. Oʻzbekistonlik olimlar bilan muloqotimiz hamkorlikni yanada boyitish va faollashtirishga xizmat qiladi.
Manba: OʻzA