Home / FOTO LAVHALAR / Navoiyda manzilli tadbirlar

Navoiyda manzilli tadbirlar

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida oʻtkazilayotgan navbatdagi tadbirlar Navoiy shahrida tashkil etildi.

“Hayot” MFYda mahalla mutasaddilari va aholi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazilib, farzandlar tarbiyasi va maʼnaviy-ahloqiy kamolotiga jiddiy eʼtibor qaratish, ularning boʻsh vaqtlaridagi mashgʻulligini mazmunli tashkil etish zarurati uqtirildi.

Mahallaning uyushmagan yoshlari, ijtimoiy yordamga muxtoj va keksa yoshdagi aʼzolari bilan oʻtkazilgan alohida suhbatlar odamlarning ijtimoiy himoya sohasidagi bilimini oshirib, huquqlarini anglashga koʻmaklashish, shuningdek, davlat yordamidan samarali foydalanishni taʼminlashga qaratildi. Odamlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi, ayrim muammolarni hal etish choralari koʻrsatildi.

Targʻibot tadbirlari “Ziyokor” MFYda ham tashkil etildi. Mahalla yettiligi bilan muloqotda maʼnaviy-ahloqiy muhitni yanada yaxshilash, ayniqsa, yoshlar tarbiyasi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bu yerdagi 23-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda oʻquvchilarga vatanparvarlik, taʼlimga intilish va ijtimoiy faol boʻlish kelajakning tamal toshi ekani qayd etildi.

Mahalla nuroniylari bilan alohida uchrashuv tashkil etilib, ijtimoiy-maʼnaviy masalalarga doir, jumladan, mahalla hayotidagi oʻzgarishlar, yoshlar bilan ishlashning samarali usullari va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasida fikr almashildi. Yolgʻiz keksalar holidan xabar olish ham targʻibotning muhim tarkibiy qismiga aylandi. Ular bilan oʻtkazilgan suhbatlarda kundalik ehtiyojlar, sogʻliq bilan bogʻliq muammolar va yordamga muhtojlik darajasi oʻrganilib, roʻzgʻor ishlariga koʻmaklashish, ijtimoiy himoya choralarini koʻrish borasida mahalla mutasaddilariga tavsiyalar berildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Ezgulikda har insonning oʻz oʻrni bor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida oʻtkazayotgan tadbirlarining …