Home / FOTO LAVHALAR / Bir bolaga yetti qoʻshni ota-ona

Bir bolaga yetti qoʻshni ota-ona

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Moybuloq” MFYda ish olib bordi.

Faollar bilan uchrashuv oʻtkazilib, yosh avlod tarbiyasida mahalla-koʻyning oʻrni alohida taʼkidlandi. Chunki unib-oʻsib kelayotgan har bir bolaning odob-ahloqi, feʼl-atvori, xatti-harakati, istiqboli uchun ota-ona bilan birga mahalla ham masʼuldir.

Bu yerdagi 85-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan maʼrifiy tadbirda ham shu haqda soʻz bordi. Ezgu maqsadlarni roʻyobga chiqarish uchun yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, oʻz kuch-qudratimizga, ota-bobolarimiz qoldirgan bebaho meros, milliy urf-odat va anʼanalarga suyanish, millat tarixidan boxabarlik masʼuliyati va kelajagiga daxldorlik hissi bilan ulgʻayishning fazli tilga olindi.

Targʻibot ishlari davomida xonadonlarda manzilli uchrashuvlar tashkil etilib, fuqarolarga ijtimoiy-huquqiy bilimlar, davlat tomonidan koʻrsatilayotgan yordam va taqdim etilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, har bir oila vakilining maʼnaviy va axloqiy kamolotga erishishi, yoshlarning tarbiyasi va ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga yoʻnaltirishga oid muhim mavzularda suhbatlar oʻtkazildi.

Tadbirlarda aholiga turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va imkoniyatlari haqida aniq tushunchalar va davlat dasturlari va loyihalaridan foydalanishga oid koʻrsatmalar berildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Shofirkonda turkum tadbirlar

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” …