Home / FOTO LAVHALAR / “Jahon falsafa kuni”ga bagʻishlandi

“Jahon falsafa kuni”ga bagʻishlandi

21-noyabr kuni Oʻzbekiston Faylasuflari assotsiatsiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Alfraganus universiteti hamkorligida “Falsafa va insoniyat: oʻtmish, hozirgi zamon, kelajak” mavzusida ilmiy-nazariy seminar oʻtkazildi.

Noyabr oyining uchinchi payshanbasida nishonlanadigan “Jahon falsafa kuni” munosabati bilan tashkil etilgan anjuman falsafiy tafakkurning jamiyat rivojiga taʼsirini oʻrganish, inson muammolariga zamonaviy falsafiy yondashuvlarni ishlab chiqish va bashariyat kelajagini yanada yaxshilash uchun ilmiy muloqot muhitini shakllantirish maqsadlariga qaratildi.

Seminar oflayn va onlayn tarzda tashkil etilib, unda mamlakatimiz va chet ellardan taniqli olimlar, ilmiy jamoatchilik vakillari, tadqiqotchi va yosh falsafashunoslar qatnashdi.

Anjumanda insoniyat oldida turgan murakkab muammolar, olib borilayotgan zamonaviy falsafiy tadqiqotlar va kelajakdagi vazifalar muhokama qilindi.

Ishtirokchilar tomonidan jahon hamjamiyatidagi ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammolar falsafiy tahlil etilib, inson siyratining axloqiy va maʼnaviy asoslari, uning hayotidagi maʼno va qadriyatlar, sunʼiy intellekt va ilgʻor texnologiyalarning kishilik jamiyatidagi roli va axloqiy qadriyatlarga taʼsiri, Yangi Oʻzbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, inson va tabiat munosabatlarini falsafiy va amaliy nuqtayi nazardan oʻrganish masalalariga oid aniq va amaliy falsafiy qarashlar bildirildi.

Tadbir yakunida falsafiy tafakkurning inson hayoti va jamiyat rivojidagi ahamiyatini yanada oshirishga oid muhim ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqildi. Anjuman ilmiy materiallari toʻplam shaklida nashr etiladigan boʻldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz rahbari yuksak mukofot bilan taqdirlandi

Mamlakatimizda oʻtkazilayotgan “Xalqaro bagʻrikenglik” haftaligi doirasidagi tadbirlar jamiyatda bagʻrikenglik gʻoyalarining mustahkamlanishi, turli millat va elat …