Home / FOTO LAVHALAR / Bayram munosib qarshilandi

Bayram munosib qarshilandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 11-noyabr – “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni”ga bagʻishlab, sogʻlom turmush tarzi va ommaviy sportni keng targʻib qilish maqsadida xodimlar oʻrtasida shaxmat-shashka va stol tennisi boʻyicha musobaqalar tashkil etildi.

Ikki kun davom etgan bellashuvlarda erkaklar va ayollar alohida ishtirok etib, oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazdi.

Bayram kuni Markazda tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev barcha xodimlarni muhim sana nishonlanishi munosabati bilan qizgʻin qutlab, boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Markaz boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Yoʻldoshxon Isayev bu sohada olib borilayotgan amaliy ishlar, mehnat sharoitini yaxshilash, ijtimoiy adolatni taʼminlash va qonun ustuvorligini mustahkamlash borasida erishilgan natijalar haqida soʻzladi.

Markaz direktorining xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari Shavkat Tuygʻunov kasaba uyushmalarining jamiyatdagi oʻrni va ahamiyatiga toʻxtalib, xodimlar huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy muhofaza sohasidagi ishlar kasaba uyushmasi aʼzolari oʻrtasida birdamlikni mustahkamlab, ularning huquq va manfaatlarini taʼminlashda muhim qadam boʻlayotganini taʼkidladi.

Tadbir doirasida bayramga bagʻishlab tashkil etilgan musobaqalar gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Ilgʻorlik koʻrsatgan xodimlar boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasining sovrinlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan barcha xodimlarga esdalik sovgʻalari ulashildi. Boquvchisini yoʻqotgan yolgʻiz onalarga moddiy yordam pullari ajratilgani eʼlon qilindi.

 Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz rahbari yuksak mukofot bilan taqdirlandi

Mamlakatimizda oʻtkazilayotgan “Xalqaro bagʻrikenglik” haftaligi doirasidagi tadbirlar jamiyatda bagʻrikenglik gʻoyalarining mustahkamlanishi, turli millat va elat …