Home / FOTO LAVHALAR / Imom Buxoriy asarlari – botil gʻoyalardan kuchli maʼnaviy himoya

Imom Buxoriy asarlari – botil gʻoyalardan kuchli maʼnaviy himoya

Xabar berilganidek, Termizda “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy anjumanda oʻtkazildi. Anjumanning Termiz Davlat universitetida boʻlib oʻtgan shoʻba yigʻilishida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Shukurillo Umarov “Yangi Oʻzbekistonda hadisshunoslik ilmining yangi bosqichi” mavzusidagi maʼruza qildi.

Maʼruzachi jahon islom olamida hozirgi kunda ham asosiy manba hisoblangan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy kabi allomalarning ilmiy merosini oʻrganish yuzasidan mamalkatimizda olib borilayotgan ezgu ishlarga toʻxtaldi. Islom taʼlimiga qaratilayotgan ulkan eʼtibor va tashkil qilingan xalqaro ilmiy-tadqiqotlar markazlari va Samarqandda ochilgan Hadis maktabi haqida gapirdi.

Olim Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi haqida maʼlumot berar ekan, ilmiy jamoa tomonidan tayyorlangan eng yangi nashrlarga alohida eʼtibor qaratdi. Ishtirokchilarga xodimlar tomonidan Imom Buxoriyning oʻzbek tiliga ilk bor tarjima qilingan “Xalqu afʼolil ibod” va “Kitobuz zuafois sagʻir” asarlarini tanishtirdi.

Anjuman ishtirokchilari Imom Buxoriyning bebaho ilmiy merosi islomning asl qadriyatlarini targʻib qilishda beqiyos ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidlab, muhaddis asarlarining oʻrganilishi buzgʻunchi maqsadlarni koʻzlagan guruhlarga qarshi maʼnaviy himoya vositasi boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …