Home / FOTO LAVHALAR / Indoneziyadagi eng yirik oliy diniy taʼlim muassasasi rahbarining tashrifi

Indoneziyadagi eng yirik oliy diniy taʼlim muassasasi rahbarining tashrifi

Imom Buxoriy xaqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Indoneziyaning Lampung muxtoriyatida joylashgan Raden Intan davlat islom universiteti rektori prof. dr. Van Jamaluddin tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Markaz direktorining oʻrinbosari O.Muhammadiyev kutib oldi.

Nafaqat Lampung, balki butun Indoneziyadagi eng yirik oliy diniy taʼlim muassasasi boʻlmish Raden Intan davlat islom universitetiga 1968-yilda asos solingan. Ayni paytda bu yerda bir nechta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavr, magistr va doktor darajasidagi mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Universitet rahbariyati Markaz muzeyi bilan tanishtirilib, buyuk muhaddis nomidagi muassasaning maqsad va vazifalari, ilmiy tadqiqotlar, diniy-maʼrifiy soha, nashrlar, qoʻlyozmalar bilan ishlash yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berildi.

Muloqot chogʻida muassasalararo hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish orqali islom ilmlari boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlarni muvofiqlashtirish yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Buyuklik siri” – bitiruvchilarga katta maʼnaviy tuhfa

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Termiziy oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida 2025-2026 oʻquv yili bitiruvchilari …