Home / XALQARO YANGILIKLAR / OʻZBEKISTON DELEGATSIYASI TURKIYA TAJRIBASINI OʻRGANMOQDA

OʻZBEKISTON DELEGATSIYASI TURKIYA TAJRIBASINI OʻRGANMOQDA

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxalikov boshchilik qilayotgan delegatsiya muzeylarga boʻlgan tashrifini Turkiya Respublikasida davom ettirmoqda. Delegatsiya tarkibi Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat. Delegatsiyaning 20-sentyabrgacha davom etadigan tashrifidan koʻzlangan maqsad Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeylari ekspozitsiyasini yangi mazmun bilan boyitishda Turkiya tajribasini oʻrganish va Markazlar loyihalarini keng targʻib qilishdir. 

Tadbirlar Istanbul va Anqarada boʻlib oʻtadigan dasturlarni oʻz ichiga oladi. Xususan, toʻrt kunlik tashrif davomida delegatsiya aʼzolari “Panorama 1453” tarix muzeyi, “Istiqlol” Istanbul illyuziyalar muzeyi, Fuat Sezgin nomidagi Ilm-fan tarixi muzeyi, Turk-islom sanʼati muzeylarining innovatsion tajribalari, Istanbuldagi Yildiz saroyi hamda Toʻpqopi saroyidagi Oʻzbekiston madaniy merosiga oid eksponatlari bilan ham tanishadi. Ayyub Sulton maqbarasidagi Ali Qushchi qabri ziyorat qilinadi.    

IHTning Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) direktori, WOSCU Kengashi aʼzosi Mahmud Erol Qilich, Tekirdagʻ universiteti professori va Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy maslahatchisi Halit Eren, Islom tadqiqotlar markazi (ISAM) direktori Murtaza Bedir bilan boʻladigan uchrashuv asnosida mamlakatimizning qadimiy va boy tarixi, betakror madaniyati haqida “Yangi Oʻzbekiston: Zamon, makon va madaniy meros” mavzusidagi fotokoʻrgazma ham boʻlib oʻtadi.

Qolaversa, delegatsiya kun tartibidan “Oʻzbekiston – Turkiya: tutash ildizlar va umumiy meros” mavzusidagi davra suhbati, “Oʻzbekistonning buyuk allomalari ensiklopediyasi” loyihasi taqdimoti, Islom tadqiqotlar markazi (ISAM), Marmara universiteti, Istanbul tadqiqot va taʼlim vaqfi (ISAR) hamda Uskudardagi Oʻzbeklar tekkesi, Turkiya qoʻlyozma asarlar boshqarmasi, Sulaymoniya va Romi kutubxonalari, “Mega basin” nashriyot uyiga tashrif ham oʻrin olgan.

Manba: cisc.uz

Check Also

Markaz – yana bir xalqaro tadbir mezboni

Toshkentda BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) va Al-Azhar universiteti (Misr) tashabbusi bilan boshlangan “Oʻzbekistonda ayollar huquqlariga …