Home / FOTO LAVHALAR / Fozil olim tashrifi

Fozil olim tashrifi

Ayni kunlarda yurtimizda mehmon boʻlib turgan misrlik fazilatli shayx, murabbiy, muhaddis Mustafo Abu Sulaymon Nadviy hazratlari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga keldi.

Islom olamida chuqur eʼzozlanadigan yuksak martabali mehmonni Markaz rahbari Shovosil Ziyodov kutib oldi.

Tashrif chogʻida shayx hazratlari Markaz muzeyi bilan tanishtirildi. Muloqot davomida u kishiga Markaz faoliyati, amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida maʼlumotlar berildi.

Nadviy hazratlari diyorimiz zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalar siyrati, xususan, Imom Buxoriy rahmatullohi alayhning beqiyos xizmatlari, ilmiy faoliyati va qoldirgan merosining ulugʻvor qiymati haqida soʻz yuritib, ulugʻ zot haqqiga duo qildi.

Tashrif yakunida Mustafo Abu Sulaymon Nadviy hazratlari Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz – yana bir xalqaro tadbir mezboni

Toshkentda BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) va Al-Azhar universiteti (Misr) tashabbusi bilan boshlangan “Oʻzbekistonda ayollar huquqlariga …