Bismillahir Rohmanir Rohiym
SALAVOT aytishning 40 ta FOYDASIni ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:
«Albatta, Alloh va Uning farishtalari Paygʻambarga salavot ayturlar. Ey, moʻminlar! Sizlar ham unga salavot va salom aytingiz!» (Ahzob surasi 33/56 oyat).
JANOBI PAYGʻAMBARIMIZ RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM MEHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:
- Salavot aytishda Alloh taoloning amriga itoat, boʻysunish bor.
- Paygʻambarimiz alayhissalomga Alloh taoloning salavot aytishi bilan oʻzaro muvofiqlik bor. Ikki salavotning farqi boʻlsa ham.
- Maloikalar bilan muvofiqlikda salavot aytish bor.
- Bir marta salavoti evaziga salavot aytuvchiga Alloh taolodan oʻnta salavot hosil boʻladi.
- Banda salavot sabab oʻn darajaga koʻtariladi.
- Salavot aytuvchiga oʻnta savob-hasanot yoziladi.
- Salavot aytuvchidan oʻnta gunohi oʻchiriladi.
- Salavot – duoning ijobat boʻlishi sabablaridan biridir.
- Salavot aytuvchi Paygʻambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga musharraf boʻladi.
- Salavot aytish – gunohlar magʻfirat qilinishi sabablaridan biridir.
- Ahamiyatli ishlarida salavot aytuvchi bandaga Alloh taolo kifoya qiladi.
- Salavot aytuvchi Qiyomat kuni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga yaqin boʻladi.
- Mashaqqat vaqtida aytilgan salavot sadaqaning oʻrniga oʻtadi.
- Hojatlari salavot sababidan ravo boʻladi.
- Alloh va farishtalari salavot aytuvchi bandaga salavot yoʻllaydilar.
- Salavot aytuvchi salavot sababli poklanadi.
- Oʻlimidan avval u bandaga jannat xushxabari yetadi.
- Qiyomat kunidagi qoʻrqinch, xavotirlardan najot topadi, qutuladi.
- Bandaga unutib qoʻygan narsasini yodiga tushiradi.
- Aytgan salavotiga Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam alik olib, javob qaytaradilar.
- Salavot aytishda banda hojatlarini soʻrashi bor.
- Salavot aytuvchi faqirlik-qashshoqlikdan saqlanadi.
- Salavot aytuvchi banda baxillikdan qutuladi.
- Salavot aytuvchi xor-zor boʻlib, xoʻr boʻlib qolishdan, duoibad kasofatidan omonda boʻladi.
- Salavot – aytuvchini jannat yoʻliga yoʻllanishi sababidir.
- Salavot aytishda Alloh taolodan Uning Habibiga maqtov soʻrash bor.
- Gapiradigan gaplari va boshqa soʻzlari komil boʻladi.
- Sirot koʻprigida yorqin, koʻpgina nurga musharraf boʻladi.
- Salavot aytuvchi jafodan, begonalikdan uzoq boʻladi .
- Salavot aytuvchi osmonlar-u yer ahli oʻrtasida Alloh taoloning maqtoviga sazovor boʻladi.
- Salavot aytish bilan banda barakot sohibi boʻladi.
- Salavot aytishda Alloh taoloning rahmatiga noil boʻladi.
- Salavot aytuvchida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga davomiy muhabbat boʻladi.
- Salavot aytuvchi Paygʻambarimiz alayhissalomga suyukli boʻladi.
- Salavot – hidoyatga yoʻllab, qalbning hayoti sababidir.
- Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavot aytuvchining ismi koʻrsatiladi.
- Sirot koʻprigida sobitqadam boʻladi.
- Salavot aytuvchi Paygʻambarimiz alayhissalomning baʼzi haqlarini ado qilgan boʻladi.
- Salavotda Alloh taoloni zikr qilish va Unga shukr qilish jamlangandir.
- Salavot – duodir!
(Kalomulloh – Qurʼoni Karimning oyati karimalari va Janobi Paygʻambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak hadisi shariflaridan)