Home / FOTO LAVHALAR / Ilmiy xulosa va takliflar taqdimoti

Ilmiy xulosa va takliflar taqdimoti

Avval xabar berilganidek, ayni kunlarda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” nomli forumi oʻtkazilmoqda.

Unda qatnashayotgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining bir guruh olimlari Imom Buxoriy innovatsion muzeyi konsepsiyasi yuzasidan qator taklif va tavsiyalar tayyorladi.

Forumning 4-iyul kuni oʻtkazilgan yalpi yigʻilishida Markaz direktori Shovosil Ziyodov moderator sifatida Konsepsiya boʻyicha ishlab chiqilgan taklif, tavsiya va ilmiy xulosalar taqdimotini oʻtkazdi.

Taʼkidlash joizki, forum doirasida oʻtkazilgan oʻndan ortiq seminar boʻyicha muhokamalar va moderatorlarning sharhlari qatorida anjumanning birinchi kuni boʻlib oʻtgan ilmiy munozaralarda ilgari surilgan eng yaxshi takliflar ham oʻqib eshittirildi.

Forum doirasida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Unda anjuman ishtirokchilariga Markaz nashrlari ham namoyish qilindi. Imom Buxoriyning oʻzbek tiliga tarjima qilingan asarlari qatnashchilarda ayniqsa katta qiziqish uygʻotdi.

Forum davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Istiqbolli taklif va tavsiyalar shakllantirilmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining bir guruh ilmiy xodimlari mamlakatimiz olimlarining Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi …