Home / FOTO LAVHALAR / “Yoshlar festivali-2024” doirasida “Islom hamkorlik tashkiloti yoshlar forumi” boshlandi

“Yoshlar festivali-2024” doirasida “Islom hamkorlik tashkiloti yoshlar forumi” boshlandi

Keyingi yillarda Samarqandda juda ulkan xalqaro anjumanlar oʻtkazish anʼana tusini olib borayapti. Shunga muvofiq ravishda shaharning infratuzilmasi tubdan oʻzgargani, dunyoning turli burchaklaridan keladigan mehmonlar va sayyohlar uchun jahon andozalariga mos tarzda servis xizmatlari tarkib topib boryapti.
Bugun Samarqand shahrida yana bir xalqaro anjuman oʻz ishini boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi tashabbusi bilan, IHT (Islom hamkorlik tashkiloti) hamkorligida butun islom olami ravnaqi va taraqqiyoti yoʻlida istiqbolli va iqtidorli yoshlarning muloqoti va hamkorligi uchun yangi platforma shakllantirish maqsadida tashkil etilgan forumga ikkita xalqaro tashkilot va 18 davlatning yoshlar siyosatiga masʼul boʻlgan vazirlik va idoralaridan rahbarlar va xodimlar, delegatsiyalar tashrif buyurdi.
Ikki kun davom etadigan anjuman ishida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov ham ishtirok etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Axborot siyosati masʼullari sharaflandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati …