Home / XALQARO YANGILIKLAR / “MARKAZNING YUQORI MAVQEI UNING XAYRLI AMALLARI BILAN MUSTAHKAMLANMOQDA”

“MARKAZNING YUQORI MAVQEI UNING XAYRLI AMALLARI BILAN MUSTAHKAMLANMOQDA”

Charlz MELVILL – Kembrij universiteti professori(Angliya)

– Movarounnahrlik allomalar ilmiy merosi – har qancha oʻrgansa arziydigan xazina. Xususan, tarix, adabiyot, islom imlari boʻyicha hali tadqiq qilinmagan asarlar koʻp. Bu yerda yaratilgan qoʻlyozma manbalar nafaqat mintaqaning oʻzi, balki butun musulmon dunyosi maʼrifatini oshirishga xizmat qilgan, desak, yanglishmagan boʻlamiz.

Imom Buxoriy asarlari mohiyatini, hadis ilmi asoslarini keng targʻib qilishda sharhlar toʻplamlarini yaratish eng dastlabki va dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Bu oʻrinda buyuk muhaddis merosini izoh va sharhlar bilan tarjima qilish va tadqiq etish ustida ish olib borayotgan Markazingiz jamoasi mehnati eʼtirofga loyiq. Bu mehnatning har bir mevasi Imom Buxoriy ilmiy merosi boʻyicha qimmatli manba hisoblanadi.

Markazning mavqei faqat bu bilan emas, balki islomning asl mohiyatini ochib berayotgani, zamondoshlarga diniy-maʼrifat nurlarini taratayotgani bilan ham balanddir. Shu nuqtayi nazardan, uning jamoasiga bu kabi xayrli vazifalarni toʻlaligicha ado etishda ulkan zafarlar tilaymiz.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Indoneziya ilmiy muassasalari Markaz bilan hamkorlikka tayyor

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Indoneziya Respublikasining beshinchi Prezidenti, Milliy tadqiqot va innovatsiya agentligi Boshqaruvchilar …