Bruno de NIKOLA – Avstriya fanlar akademiyasi assistent-professori:
– Markazingiz misolida yurtingizda yetuk olim va istiqboli porloq tadqiqotchilarning yangi avlodi shakllanayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Ularning manbalar bilan ishlash hamda qiyosiy tahlil borasidagi koʻnikmalari jahon andozalariga mos keladi. Bunga davlatingiz tomonidan ilm-fan taraqqiyotiga berilayotgan yuksak eʼtibor sifatida baho berish oʻrinli.
Movarounnahr islom sivilizatsiyasi beshigi deb tan olingan. Ayni paytda bizning olimlarimiz bu hududda yaratilgan qoʻlyozmalarning Yevropa mamlakatlari va Eronga tarqalishini, ushbu davlatlarda saqlanayotgan manbalarning Markaziy Osiyoga bogʻliq jihatlarini oʻrganmoqda. Bu borada Markazingiz bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan ilmiy anjumanlar ayni muddao boʻlyapti.
Istiqbolda ham hamkorlik aloqalarini oʻzaro manfaatli asoslarda davom ettirishdan manfaatdormiz!