Home / FOTO LAVHALAR / “Chigʻatoy” ahli bilan uchrashuv

“Chigʻatoy” ahli bilan uchrashuv

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish boʻyicha targʻibot tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan biriktirilgan mahallalarda faol ish olib bormoqda.

Markaz direktorining oʻrinbosari O.Muhammadiyev Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Chigʻatoy” MFYda boʻlib, mahalla faollari bilan uchrashdi. Yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan asrash choralari, azaliy qadriyatlarimizning insonparvarlik jihatlari haqida soʻz borgan tadbirda mahalla ahli bilan birga hududdagi 9-oʻrta umumtaʼlim maktabi va 18-maktabgacha taʼlim muassasasi rahbar va xodimlari ham ishtirok etdi.

Yigʻilganlarga mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, davlatimiz tomonidan yoshlar tarbiyasi va sportni rivojlantirishga eʼtibor xususida tushunchalar berilib, qatnashchilar soʻnggi paytlarda avj olayotgan axborot xurujlarining ehtimoliy oqibatlaridan ogohlantirildi.

Targʻibot doirasida mahalla raisi K.Erboʻtayevga aholi, ayniqsa, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni oshirish, ayollar va oʻsib kelayotgan avlod orasida jinoyatchilik, oʻz joniga qasd qilish holatlarining hamda chet davlatlarga noqonuniy chiqib ketishning oldini olish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Mahalla kutubxonasiga Markaz tomonidan nashr etilgan kitoblar hadya qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga safari “OCIS News” nashrida

Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va Xalqaro …