Home / FOTO LAVHALAR / Turk noshirlari tashrifi

Turk noshirlari tashrifi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiyaning “Irshod” nashriyoti vakillari tashrif buyurdi.

Markazning ushbu matbaa uyi bilan hamkorligi 2019-yilda boshlangan. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyunda qabul qilingan “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining kutubxona fondini xorijiy adabiyotlar bilan boyitish toʻgʻrisida”gi qarori asosida yurtimizdagi islomshunos va sharqshunos olimlardan iborat Ishchi guruhning Turkiyaga safari asnosida muhim kelishuvlarga erishilib, “Irshod” nashriyotidan 148 nomdagi 647 dona ilmiy, adabiy, badiiy, tarixiy asar xarid qilingan va Markazga olib kelingan. Mazkur adabiyotlar ilmiy ishlarda tadqiqotchilarga juda asqotyapti.

Turkiyalik mehmonlar bilan muloqot chogʻida noshirlik faoliyati yoʻnalishidagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid masalalar muhokama etildi. Nashriyot rahbari Mustafo Murod “Irshod” matbaa uyida bosmadan chiqqan va nashrga tayyorlanayotgan kitoblarning tematikasi, mazmun-mohiyati, ilmiy ahamiyati va qiymati xususida maʼlumot berib, ularni Markazga yetkazish xizmatlarini taklif etishdan mamnun ekanini bildirdi.

Markaz direktori Shovosil Ziyodov mehmonlarni oʻzimizda nashr etilgan va moʻljalda turgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirdi va istiqboldagi rejalar bilan oʻrtoqlashdi.

Tashrif yakunida jamoa vakillariga Markaz nashrlari toʻplami hadya qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …