Home / FOTO LAVHALAR / Yoshlar ogoh etildi

Yoshlar ogoh etildi

Kuni kecha Samarqanddagi Yoshlar markazida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari bilan “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Radikalizm – jamiyat barqarorligiga tahdid. Talaba yoshlarni radikal aqidaviy oqimlar taʼsiridan asrash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Institut rahbariyati va talabalari, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat IIB terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi vakillari qatnashgan tadbirda Markaz ilmiy xodimi Jonibek Jumayev mavzu yuzasidan maʼruza qildi.

Maʼruzachi yoshlarni terrorizm va ekstremizm, missionerlik harakatlarining salbiy oqibatlari, boy tarixiy, milliy va diniy qadriyatlarimizga tahdid solayotgan gʻarazli kuchlar taʼsiridan ogoh etib, turli koʻrinishdagi axborot xurujlaridan saqlanish zarurligini hayotiy misollar asosida tushuntirib berdi.

Targʻibot tadbirlari davom etmoqda.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …